Live
1
O'zbek

Karlos Prates: «Maxachevni hayotidagi eng og‘ir jang kutib turibdi»

MMA
30 sentabr, 07:40
Braziliyalik jangchi amaldagi chempion bilan to‘qnashuv oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Karlos Prates: «Maxachevni hayotidagi eng og‘ir jang kutib turibdi»
Foto: Gettyimages

UFC braziliyalik yarim o‘rta vazn (77 kg gacha) jangchisi Karlos Prates rossiyalik amaldagi chempion Islom Maxachev bilan kutilayotgan jang haqida gapirdi.

«Maxachev - Gerri jangini ko‘rganimda, Islom ko‘ringanidek yengilmas emasligini angladim. U yirtqich, ikki karra chempion va hokazo. Lekin atrofdagilar uni yengib bo‘lmasligini aytishsa, buni aqlimga sig‘dira olmayman. Agar u seni parterga o‘tkazsa, ortiq o‘rningdan turolmaysan. Nega tura olmas ekanman?

Tafsilotlarga berilishni istamayman, chunki bu jang juda muhim, u men haqimda qanchalik kam bilsa, shunchalik yaxshi. Lekin mening mashg‘ulotlarimni ko‘rganlar bilishadi, doim o‘zimni noqulay ahvolga solishni yaxshi ko‘raman. Kurash mashg‘ulotlarining aksariyatida imkoniyatlarim yomonroq holatdan boshlayman. Bunday raqibga qarshi chiqayotganda, aniq tushunish kerak — og‘ayni, seni taziringni berishadi. Shuning uchun uning Gerri bilan jangi menga ishonch bag‘ishladi. Menimcha, men unga hayotidagi eng og‘ir jangni taqdim etaman», - dedi Prates Podcast Connect Cast podkastida.

Bugungi yangiliklar