Live
1
O'zbek

Kannavaro: «Abdumajidov Suriyaga qarshi o‘ynamaydi. Ne’matov borasida shifokorlarning qarorini kutamiz»

Futbol
30 sentabr, 08:04
    2
Italiyalik mutaxassis o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Kannavaro: «Abdumajidov Suriyaga qarshi o‘ynamaydi. Ne’matov borasida shifokorlarning qarorini kutamiz»
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Suriyaga qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Avvalgi bahsga qaraganda bizda tayyorgarlik uchun ko‘proq vaqt bo‘ldi. Navbatdagi bahsdan xavotirim ko‘proq. Eron bilan bahsda yigitlarga motivatsiya berish shart emas edi, chunki raqib jiddiy bo‘lgan. Lekin Suriya bilan uchrashuvda futbolchilarimiz yanada yuqori tempda o‘ynashiga umid qilyapman. Biz o‘z falsafamizdan chetga chiqmasligimiz kerak. Futbolchilardan Muhammadrasul Abdumajidov ba’zi muammolar tufayli ertangi bahsda qatnasha olmaydi.

- Suriya bilan bahsda tarkibda biroz rotatsiyaga guvoh bo‘lishimiz mumkinmi?

- Ertangi bahsda tarkibda biroz o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Chunki Janubiy Koreyaga qarshi bahsda ham ishtirok etamiz. Buni esdan chiqarmasligimiz kerak. Maqsadimiz Suriya bilan bahsda barcha o‘yinchilarga ko‘proq o‘yin vaqtini berish.

- Abduvohid Ne’matovning holati qanday? Keyin olimpiya futbolchilari Janubiy Koreyaga qarshi bahsda ishtirok etadimi?

- Bu futbolchilarni Koreyaga qarshi bahsga olib borishga harakat qilamiz. Balki ayrimlariga vaziyatdan kelib chiqib dam berishimiz mumkin. Darvozabon Abduvohid Ne’matovning qo‘lida kichik jarohat bor. Jiddiy emas, ammo bu baribir jarohat. Shifokorlarning yakuniy xulosasini kutamiz va ertaga maydonga tushishi yoki tushmasligi bo‘yicha qaror qabul qilamiz.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar