Live
1
O'zbek

Yevropaning 4 klubi van Deykni diqqat bilan kuzatmoqda

Futbol
30 sentabr, 07:49
Virjil 2018-yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Yevropaning 4 klubi van Deykni diqqat bilan kuzatmoqda
Фото: Getty Images

«Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk mavsum yakunlangach jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Ma’lumot uchun, niderlandiyalik 35 yoshli futbolchining mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida nihoyasiga yetadi. Klub himoyachi bilan kelishuvni uzaytirmoqchi. Biroq yakuniy qaror uning o‘ziga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchiga bir qator yetakchi jamoalar o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. Da’vogarlar qatorida «Real», «Galatasaroy», «Milan» va «Inter Mayami» jamoalari bor.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni chempionati jamoalari ham Virjil atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, van Deyk 2018-yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Transfer bozorida u hozirda taxminan 15 million yevro atrofida baholanmoqda.

Bu mavsum u Angliya Premer-ligasida beshta o‘yinda maydonga tushgan.

Bugungi yangiliklar