«Manchester Yunayted» va Irlandiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Roy Kin «Manchester Siti»ning Angliya Premer-ligasi moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ular bu ko‘plab odamlarga qattiq zarba bo‘lishini bilishardi, lekin baribir shunday qilishdi. Agar men futbolchi bo‘lganimda, bu medallarni 100% axlat qutisiga tashlab yuborgan bo‘lardim. Axir boshqachasiga bo‘lishi ham mumkinmi? Bu g‘irromlik-ku.
Ular maydonda g‘alaba qozonishdi, chunki parda ortida g‘irromlik ketayotgan edi», — deya Kinning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Daily Mail.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta «shaharliklar» APL moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog‘liq deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha (bittasidan tashqari) aybdor deb topildi.-2023-yil fevral oyida APL «Siti»ni-2009-yildan-2018-yilgacha bo‘lgan davrda 115 ta turli moliyaviy qoidabuzarliklarda ayblagan edi. Keyinchalik The Times gazetasi gap 115 ta emas, balki 130 ta qoidabuzarlik haqida ketayotgani haqida xabar berdi: Premer-liga ayblovlarni endigina e’lon qilganida, ba’zi qoidalar bo‘yicha chalkashliklar yuzaga kelgan edi.