Live
1
O'zbek

«Chelsi» Ramonnning transferi uchun asosiy da’vogar

Futbol
3 oktabr, 18:10
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.
«Chelsi» Ramonnning transferi uchun asosiy da’vogar
Фото: Getty Images

«Komo»ning markaziy himoyachisi Xakobo Ramon hali ham «Chelsi»ning ehtimoliy transfer maqsadlari qatorida qolmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik 21 yoshli futbolchiga Yevropaning ko‘plab jamoalaridan takliflar bo‘lmoqda. Asosiy da’vogarlardan biri «Chelsi» hisoblanadi.

Qayd etilishicha, «ko‘klar» Italiyada Sesk Fabregas qo‘l ostida o‘zini namoyon qilgan iqtidorli futbolchini jiddiy ravishda qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.

Shu bilan birga, futbolchining o‘zi «Komo»dagi hayotidan mamnun va hozircha klubni tark etishga shoshilmayapti.

Shuningdek, «Real» o‘z tarbiyalanuvchisini qayta sotib olishi mumkin. Madrid klubi Ramonni ancha past narxda ortga qaytarish imkoniyatiga ega hisoblanadi.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Komo Komo
Bugungi yangiliklar