Live
2
O'zbek

«Yuventus» futbolchisi faoliyatini «Chelsi»da davom ettirishi mumkin

Futbol
2 oktabr, 08:33
Kerim Alaybegovich Tumanli albionga ko‘chib o‘tishi mumkin.
«Yuventus» futbolchisi faoliyatini «Chelsi»da davom ettirishi mumkin
Foto: Gettyimages

Turinning «Yuventus» klubi vingeri Kerim Alaybegovich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.

19 yoshli bosniyalik futbolchining transferiga Londonning «Chelsi» klubi qiziqish bildirmoqda. «Aristokratlar» yozgi transfer oynasida Alaybegovichni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘rishlari mumkin. Hujumchining aktual transfer narxi 32 million yevroga baholanmoqda. Uning «Keksa siniora» bilan amaldagi-shartnomasi-2031-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Italiya chempionatining yangi mavsumida Alaybegovich to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, hozircha hech qanday samarali harakatlar amalga oshirishga muvaffaq bo‘lganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, A Seriya 5-turidan keyin 10 ochko jamg‘argan turinliklar 7-o‘rinda va yetakchi «Roma»dan bor yo‘g‘i 3 ochkoga ortda qolmoqda. Angliyada esa «Chelsi» 5 ta turda 7 ochko jamg‘arib, 10-o‘rinni band etib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar