Leverkuzenning «Bayer» klubi va Angliya milliy jamoasi himoyachisi Jarell Kuansa Madridning «Real» klubi e’tiborini o‘ziga qaratgan. Germaniyaning Bild nashrining xabar berishicha, «Qirollik klubi» skautlari o‘tgan yilning yozida 35 million yevro evaziga Germaniya klubiga o‘tgan «Liverpul» tarbiyalanuvchisini kuzatib bormoqda.
Manbaga ko‘ra, «Real»ga yozda kamida ikkita yangi himoyachi kerak bo‘lishi mumkin va shu sababli madridliklar Kuansani kuzatib bormoqda. Bundan tashqari, «Liverpul»da himoyachini 2027-yil 15-iyungacha 70 million yevroga qaytarib sotib olish imkoniyati mavjud.
«Bayer»ning sobiq murabbiyi Xabi Alonso boshchiligidagi «Chelsi» klubi ham Kuansa atrofidagi vaziyatni kuzatib borayotgani aytilmoqda. Londonning «Arsenal» klubi esa avgust oyida futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga uringan, biroq rad javobini olgandi: o‘shanda «Bayer» 65 million yevrolik taklifni rad etgan.