31 yoshli amerikalik hujumchi va Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (NBA) chempioni, «Nyu-York Niks» jamoasi a’zosi Josh Xart mustaqil komissiyaning «Manchester Siti»ni 2009/2010-yilgi mavsumdan 2017/2018-yilgi mavsumgacha davr mobaynida APL moliyaviy qoidalarini buzganligi bilan bog‘liq barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topish to‘g‘risidagi qarori haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Manchester Siti» 900 million funt haqida yolg‘on ishlatganmi?! Quyi ligalarga tushirib yuborishni unuting... Klubni butunlay yoqib yuboring», - deb yozdi Xart o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Mustaqil komissiya «Manchester Siti»ni 115 ta ayblovdan 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topdi. Ingliz jamoasi rahbariyati barcha ayblovlarni rad etishda davom etmoqda va aybsizligini isbotlashga hali ham ishonmoqda.