«Real Madrid» himoyachisi Raul Asensio jarohati tufayli yaqin o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi. «Qirollik klubi» matbuot xizmatining xabar berishicha, futbolchiga jarrohlik amaliyoti zarur bo‘ladi. Jarayon 1-oktyabr, payshanba kuniga belgilangan.
«Ertaga futbolchimiz Raul Asensio o‘ng oyog‘ining katta boldir suyagi singanligi sababli operatsiya qilinadi», - deyiladi «Real» rasmiy saytidagi hisobotda.
Avvalroq, Asensioni shu yilning yanvar oyidan beri, ya’ni to‘qqiz oy mobaynida jarohat bezovta qilayotgani xabar qilingan edi. Milliy jamoalar o‘yinlari tufayli yuzaga kelgan uch haftalik tanaffus paytida himoyachi jarohatni yengish uchun so‘nggi urinishni amalga oshirdi, ammo konservativ davolash va tiklanishni tezlashtirishga urinishlar kutilgan natijani bermadi.