Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini Londonning «Chelsi» jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «aristokratlar» Angliyaning boshqa yetakchi klublari singari Kunde qishki transfer oynasida sotuvga qo‘yilishi bo‘yicha xabardor qilingan. «Ko‘klar» ustozi Xabi Alonso jamoaning o‘ng qanot himoyasini kuchaytirishni istamoqda va Kundening transferi yaxshi variant, deb hisoblamoqda. Biroq 27 yoshli fransiyalik futbolchi xizmatlariga shu bilan birga «Liverpul» va «Bavariya» klublari ham qiziqish bildirgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yangi mavsumda Jyul Kunde barcha musobaqalarni inobatga olganda 5 ta bellashuvda maydonga tushdi va samarali harakatlar amalga oshirganicha yo‘q.