Live
8
O'zbek

Osiyo oʻyinlari, yunon-rum kurashi. Xalmaxanov — chempion, Sitsuashvili va Berdimuratov ham medal oldi

Boshqalar
30 sentabr, 12:07
Oʻzbekiston delegatsiyasining medallari 54 taga yetdi.
Osiyo oʻyinlari, yunon-rum kurashi. Xalmaxanov — chempion, Sitsuashvili va Berdimuratov ham medal oldi
Foto: Olympic uz

Aichi-Nagoyada oʻtkazilayotgan Osiyo oʻyinlarining 30-sentabr kungi bahslarida oʻzbekistonlik yunon-rum kurashchilari ham delegatsiya hisobiga muhim medallarni qoʻshishdi.

Aytjan Xalmaxanov oʻz nomini musobaqa chempionlari qatoriga qoʻshib qoʻydi. U –67 kg vazn toifasining finalida yaponiyalik raqibini yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Rafael Sitsuashvili esa Osiyo oʻyinlarining kumush medaliga sazovor boʻldi. Oʻzbekiston vakili murosasiz kechgan final bahsida eronlik raqibiga imkoniyatni boy berdi va ikkinchi oʻrinni egalladi.

Rafael Sitsuashvili
Foto: Olympic uz

–87 kg vazn toifasida bahs olib borgan Jalgasbay Berdimuratov bronza medaliga ega chiqdi. U uchinchi oʻrin uchun bahsda qozogʻistonlik sportchidan ustun keldi.

Jalgasbay Berdimuratov
Foto: Olympic uz

Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasining jami medallari 54 taga yetdi — 16 ta oltin, 19 ta kumush va 19 ta bronza. Umumjamoa hisobida 4-oʻrin.

Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar