«Qirollik klubi» sentyabr oyining so‘nggi kunida himoyachi Raul Asensio jarrohlik stoliga yotishi zarurligini e’lon qildi. Jarrohlik amaliyoti payshanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Marca nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Asensio safga qaytishi uchun ikki oydan to‘rt oygacha vaqt kerak bo‘ladi. Shu tariqa, futbolchi 2026-yilda boshqa maydonga tushmasligi mumkin.
Umuman olganda, Raul Asensio «Real»ning asosiy jamoasida 80 ta o‘yin o‘tkazib ulgurgan. Ularda himoyachi o‘z hisobiga 2 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Eslaptib o‘tamiz, «Real» hozirda Ispaniya La Ligasi musobaqa jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Madridliklar birinchi o‘rindagi «Barselona»dan olti ochkoga ortda qolmoqda.