Live
8
O'zbek

Laporta - «Oltin to‘p» haqida: «Umid qilamizki, adolat qaror topadi»

Futbol
30 sentabr, 12:28
Kaktaloniya klubi prezidenti vingerning sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirdi.
Laporta - «Oltin to‘p» haqida: «Umid qilamizki, adolat qaror topadi»
Foto: Gettyimages

«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoa vingeri Lamin Yamalning «Oltin to‘p»ga ega chiqish imkoniyatlari haqida izoh berib o‘tdi.

«Lamin Yamal o‘zi aytganidek, muxlislarga zavq uluashadigan futbolchilardan biridir. Umid qilamizki, adolat qaror topadi va «Oltin to‘p» «Barselona» futbolchisiga nasib etadi. Agar bu Lamin bo‘lsa, biz juda xursand bo‘lamiz», - deya Laportaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Barcha Universal.

Avvalroq «Oltin to‘p» g‘olibini aniqlash bo‘yicha ovoz berish yakunlangani e’lon qilingan edi. Natijalar 26-oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi. Ayni paytda g‘alaba qozonish uchun asosiy da’vogarlar Lamin Yamal va Harri Keyn hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, yangi mavsumda 19 yoshli Yamal barcha musobaqalarni inobatga olganda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar