Live
8
O'zbek

O‘FA Infantinoni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Futbol
30 sentabr, 12:25
O‘zbekistonga tashrif buyurgan FIFA rahbari bir qator loyihalar bilan tanishdi.
O‘FA Infantinoni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
Foto: UFA

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bugun, 30 sentabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgan FIFA prezidenti Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

«Tashrif davomida FIFA prezidenti O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan birgalikda mamlakat futbol infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar bilan tanishdi.

Janni Infantino Toshkent shahrida hozirda qurilayotgan yangi «Yangi Toshkent» o‘yingohiga tashrif buyurdi. FIFA prezidentiga qurilish ishlarining borishi, stadion infratuzilmasi hamda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan FIFA U-20 Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

Infantino yangi qurilayotgan stadion bilan tanishdi
Foto: UFA

Shuningdek, FIFA prezidenti O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari bilan uchrashib, futbolchilar bilan samimiy va do‘stona muloqot qildi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston futbolining buguni va kelajagi, milliy jamoaning xalqaro maydondagi ishtiroki hamda mamlakatda futbolni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Infantino va O`zbekiston milliy jamoasi
Foto: UFA

Tashrif doirasida Janni Infantino O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda mamlakat futbolini rivojlantirish, futbol infratuzilmasini yanada takomillashtirish, yoshlar futbolini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston futbolining xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

FIFA prezidenti, shuningdek, Toshkent shahridagi 90-sonli umumta’lim maktabida yangi futbol maydonining marosimida ishtirok etdi. Mazkur loyiha yoshlarni sportga keng jalb etish va bolalar uchun zamonaviy futbol muhitini yaratishga qaratilgan.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi FIFA va uning prezidenti Janni Infantinoni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi hamda O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish yo‘lida FIFA bilan yaqin va samarali hamkorlikni davom ettiradi», — deb yozadi O‘FA matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar