Live
2
O'zbek

Kannavaro: «Ko‘p narsalarni yaxshilashimiz kerak. Hammmani kuzatyapman, tahlil qilyapman»

Futbol
30 sentabr, 09:30
    18
Italiyalik mutaxassis o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Kannavaro: «Ko‘p narsalarni yaxshilashimiz kerak. Hammmani kuzatyapman, tahlil qilyapman»
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Suriyaga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Eronga qarshi bahsdagi g‘alabadan so‘ng milliy jamoa o‘yinida yana qanday kamchiliklar ko‘zga tashlandi?

- Biz ko‘p narsalarni yaxshilashimiz kerak. Afsuski, biz har kuni birga bo‘lmaymiz, lekin ko‘p jihatdan o‘sishimiz kerak. Eronga qarshi o‘yinni ko‘rib chiqdik va men futbolchilarga qaysi joylarda kuchayishimiz kerakligini ko‘rsatdim. Ayrim vaziyatlarda voqealarni juda tezlashtirib, individual tarzda yechim topishga harakat qilamiz. Ayrim vaziyatlarda esa biz shunchaki to‘pni Eldorga beramiz, chunki uning eng yaxshi ekanini bilamiz, hatto u uchta raqib orasida bo‘lganida ham. Men ularga ba’zida orqaga qaytib, hujumni boshidan, noldan boshlash mumkinligini tushuntirishga harakat qildim. Shuningdek, biz tez-tez o‘yinning dastlabki 20 daqiqasida gol o‘tkazib yuboryapmiz. Bu o‘yinning juda muhim qismi.

- Ko‘pchilik milliy jamoalarda uzoq vaqt davomida asosiy hisoblangan darvozabon bo‘ladi. Germaniyada bu Noyer, Ispaniyada Simon. Bizda shunday darvozabon Yusupov edi. Endi u milliy jamoada yo‘q, Ne’matovni uzoq yillar davomida birinchi raqamli bo‘ladi deb hisoblash mumkinmi?

- Siz Ispaniya haqida gapiryapsiz. Ularda bosh murabbiy jamoani anchadan beri boshqarib keladi. Men yaqinda keldim, hammani kuzatyapman, tahlil qilyapman. Ne’matov hozir jarohat olgan. Olimpiya jamoasida yana bir yaxshi darvozabonimiz bor. Biz hammaga imkoniyat beramiz.

- Suriyaning qanday kuchli tomonlarini ta’kidlay olasiz?

- Bu yaxshi jamoa. Ular ertaga bizga bo‘sh zonalarni bermay, maksimal darajada zich o‘ynashadi. O‘yin qiyin bo‘ladi. Biz o‘yinni yaxshi boshlashimiz va nazorat qilishimiz kerak.

- U17 jamoasi darvozaboni Ibrohim Shokirovni mashg‘ulotiga chaqirdingiz. Bu nima bilan bog‘liq?

- Mashg‘ulotlarda bizga bir o‘yinchi yetishmayotgan edi. Shu sababli men bir darvozabon so‘radim va ular Shokirovni chaqirishdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

18 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar