Live
2
O'zbek

Karimov: «Raqobat yaxshi narsa»

Futbol
30 sentabr, 09:50
    2
Himoyachi Shveysariya chempionatidagi tig‘iz taqvim va klubdagi raqobat haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
Karimov: «Raqobat yaxshi narsa»
Foto: UFA

O‘zbekiston milliy jamoasi va «Lugano» klubi himoyachisi Behruzbek Karimov jurnalistlar savollariga javob berdi.

Yosh futbolchi Shveysariya chempionatidagi tig‘iz taqvim va klubdagi raqobat haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

Fabio Kannavaro intensivlik haqida ko‘p gapiradi. Jismoniy jihatdan Superligada vaziyat yaxshi emas deb. Shveysariyada bu bilan bog‘liq vaziyat qanday?
Shveysariyada har 3-4 kunda o‘yin bo‘ladi va bu borada muammo yo‘q. Har holda «Lugano»da umuman unday muammo yo‘q.

«Lugano»dagi italiyalik futbolchi bilan raqobat haqida nima deya olasiz? Bitta nuqtada o‘ynaysizlar, u tajribaliroq edi, ammo oxirgi vaqtlarda bu kurashda yutib chiqayotgandeksiz…
Raqobat yaxshi narsa. Men uni avvaldan kuzatardim, bilardim. Zanotti bilan o‘rtoqmiz, oramizda hech qanday yomon narsa yo‘q. Aytganimdek, raqobat yaxshi narsa. U ham to‘g‘ri tushunib harakat qilmoqda, men ham o‘z navbatida harakat qilyapman. Lekin o‘yinlar ta’kidlaganimdek bir-biriga juda yaqin shuning uchun unda ham, menda yetarlicha imkoniyat bo‘ladi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar