Live
2
O'zbek

Shavkat Mirziyoyev FIFA prezidenti Janni Infantinoni qabul qildi

Futbol
30 sentabr, 09:49
    3
Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev FIFA prezidenti Janni Infantinoni qabul qildi
Фото: Президент матбуот хизмати

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-sentabr kuni Toshkentda Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

2027-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘ldi.

FIFA bilan futbolni ommalashtirish, ayniqsa, yoshlar orasida ushbu sport turiga qiziqishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shma dasturlarni ilgari surish borasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Sheriklikni, avvalo, futbolni tashkil etish va boshqarish tizimini transformatsiya qilish, yosh iste’dodlarni kashf etish va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda murabbiylar, hakamlar, menejerlar, sport shifokorlari va texnik mutaxassislarni xalqaro saviyada tayyorlash yo‘nalishlarida yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda FIFA turnirlari va tadbirlarini tashkil etish hamda Toshkent shahrida federatsiyaning mintaqaviy vakolatxonasini ochish jarayonini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar