Live
7
O'zbek

Sneyder: «Xavi atigi to‘rt hafta ichida A, B va Pro litsenziyalarini qo‘lga kiritgani g‘alati»

Futbol
30 sentabr, 11:52
Niderlandiyalik sobiq futbolchi milliy jamoa uchun bosh murabbiy tanlovini tanqid qildi.
Sneyder: «Xavi atigi to‘rt hafta ichida A, B va Pro litsenziyalarini qo‘lga kiritgani g‘alati»
Foto: Gettyimages

Niderlandiya milliy jamoasi sobiq futbolchisi Uesli Sneyder bosh murabbiy lavozimiga Xavi tayinlanganini ochiqchasiga tanqid qildi.

«Murabbiylikka litsenziya olish sur’ati Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi standartlariga mos kelmaydigan mutaxassisning tayinlangani menga biroz g‘alati tuyuldi. Xavi atigi to‘rt hafta ichida A, B va Pro litsenziyalarini qo‘lga kiritdi, vaholanki ushbu kurs to‘rt yarim yil davom etishi kerak edi. Xaviga milliy jamoada muvaffaqiyatlar tilayman, ammo uning murabbiylik tajribasi hali katta emasligiga ko‘z yumib bo‘lmasligi ham kundek ravshan», — deya Sneyder so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.

Eslatib o‘tamiz, Xavi rasman-12-avgust kuni Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Mutaxassis boshchiligida jamoa UYEFA Millatlar ligasining ikkita o‘yinini o‘tkazishga ulgurdi: Germaniya bilan durang o‘ynadi (1:1) va Serbiya ustidan g‘alaba qozondi (2:1).

Bugungi yangiliklar