Live
7
O'zbek

Anri Barkolyani himoya qildi: «125 million yevro to‘lashni u so‘ramagan»

Futbol
30 sentabr, 11:23
«Arsenal» va «Barselona» klublarining sobiq hujumchisi yosh fransiyalik futbolchini himoya qildi.
Anri Barkolyani himoya qildi: «125 million yevro to‘lashni u so‘ramagan»
Foto: Gettyimages

«Arsenal» va «Barselona» klublarining sobiq hujumchisi Terri Anri «Liverpul»ning yangi futbolchisi Bredli Barkolyani himoya qildi.

Yozgi transfer oynasida ingliz klubi fransiyalik futbolchini «Pari Sen-Jermen»dan 125 million yevro evaziga sotib oldi.

«U endigina keldi va hali ingliz tilida ham gapira olmaydi. Angliyada o‘yin uslubi va shiddati umuman boshqacha. «Liverpul»da boshlash qiyin. Barkolya shuncha pul so‘ramagan, lekin transfer narxi uni ta’qib qilyapti. Odamlar uning to‘liq moslashishini kutib o‘tirishmaydi, shuning uchun u natija ko‘rsatishi kerak», - deya Anrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.

Ma’lumot uchun, «Liverpul» klubi tarkibida Barkolya barcha musobaqalarni inobatga olganda 5 ta o‘yin o‘tkazdi, ammo hozircha birorta ham gol ura olmadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar