«Liverpul»ning vengriyalik yarimhimoyachisi Dominik Soboslai bolalikdagi kumiri haqidagi savolga javob berdi.
«Mening kumirim Krishtianu Ronaldu edi va hali ham shunday bo‘lib qolmoqda. Men u bilan bajonidil o‘ynagan bo‘lardim», - dedi Soboslai JD Sports`ga.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda 41 yoshli Ronaldu Saudiya Arabistonining «An Nasr» jamoasida to‘p tepmoqda. Yangi mavsumda portugaliyalik hujumchi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 7 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi.
O‘z navbatida, Dominik Soboslai yangi mavsumda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Ronalduning «An Nasr» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Avvalroq portugaliyalik futbolchi mana shu mavsum yakunlangach, professional faoliyatini yakunlashi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi