«Liverpul» vingери Florian Virts faoliyatini yana Bundesligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Bild xabar berdi.
23 yoshli futbolchini «Bavariya» o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Myunxenliklarning Virtsga bo‘lgan qiziqishi Maykl Olisega bog‘liq vaziyat fonida yanada kuchaygan.
Matbuotda Olisening Ispaniyaga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Fransiyalik futbolchiga «Real» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shu sabab «Bavariya» ehtimoliy transferga tayyorgarlik ko‘rib, Virts variantini ko‘rib chiqmoqda.
Myunxen klubi avval ham germaniyalik futbolchini xarid qilishga uringan, ammo Virts o‘shanda «Liverpul»ga o‘tishni afzal ko‘rgandi. Angliyada esa u hozircha «Bayer» safida namoyish etgan darajadagi o‘yinini ko‘rsata olmayapti.
Ma’lumot o‘rnida, Florianning transfer narxi 100 million yevroga baholanmoqda. Uning «qizillar» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Avvalroq «Liverpul» Virtsni Bundesligaga qaytarish variantini istisno qilmayotgani ma’lum qilingandi.