Live
11
O'zbek

«Liverpul» Virts bo‘yicha qaror qabul qildi

Futbol
20 sentabr, 07:45
Mersisayd klubi nemis yarimhimoyachisini yanvar oyida ijaraga yuborish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
«Liverpul» Virts bo‘yicha qaror qabul qildi
Foto: Getty Images

«Liverpul» yarimhimoyachisi Florian Virtsning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilgani aytilmoqda. Football Insider xabariga ko‘ra, Mersisayd klubi nemis futbolchisini yanvar oyidagi transfer oynasida ijaraga berish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Manbaga ko‘ra, «Liverpul» Virtsni Bundesligaga qaytarish variantini ham istisno qilmayapti. Nemis yarimhimoyachisi Angliyaga ko‘chib o‘tishidan avval «Bayer» safida muvaffaqiyatli to‘p tepgan va Germaniya chempionatini yaxshi biladi.

Shu bilan birga, «Liverpul» futbolchini to‘liq sotishga tayyor emas. Klub Virtsni ijaraga yuborish orqali uning muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi va kelajakda jamoaga qaytishi variantini ko‘rib chiqmoqda.

Florian Virtsning transfer qiymati 100 million yevroga baholanmoqda. Uning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Virts ushbu mavsum Angliya Premyer-ligasida to‘rtta bahsda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Virts «Liverpul»ga «Bayer»dan o‘tgan va klubning yarimhimoya chizig‘ida o‘ynamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar