Afsonaviy fransiyalik sobiq hujumchi Terri Anri Muhammad Salohning Turkiyadagi muvaffaqiyatlariga munosabat bildirdi.
Misrlik futbolchi shanba kuni «Trabzonspor»ning «Galatasaroy»ga qarshi o‘yinida xet-trik qayd etdi. Bellashuv mezbonlarning amaldagi chempionlar ustidan 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Endi hamma Saloh hech qachon «Liverpul» uchun muammo bo‘lmaganini ko‘rmoqda. Ehtimol, muammo rahbariyatda bo‘lgandir, ammo «Misr qiroli»da emas. Tasavvur qiling, u Turkiyaning eng yaxshi klublaridan biri bo‘lgan «Galatasaroy»ga qarshi o‘yinda ilk xet-trigini qayd etdi. Siz bunday o‘yinchiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishingiz shart», - deya Anrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Topskills Sports UK.
Eslatib o‘tamiz, Muhammad Saloh o‘tgan mavsum yakunlangach, «Liverpul»ni erkin agent sifatida tark etgan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi