Live
4
O'zbek

Madueke APLning boshqa klubiga o‘tishi mumkin

Futbol
20 sentabr, 01:33
Mish-mishlar vinger qishda Londonning «Arsenal» klubidan ketishiga ishora qilmoqda.
Madueke APLning boshqa klubiga o‘tishi mumkin
Foto: Gettyimages

24 yoshli futbolchi ushbu mavsumda doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti: u avgust oyining o‘rtalaridan buyon, «to‘pchilar» Angliya Superkubogida «Manchester Siti»ni mag‘lub etganidan beri asosiy tarkibda maydonga tushmagan. Premer-ligada esa maydonda jami 30 daqiqadan kam vaqt o‘tkazgan.

Football Insider xabariga ko‘ra, vaziyatni qishki transfer oynasida futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni o‘ylayotgan boshqa ingliz klublari ham sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Agar angliyalik futbolchining Mikel Arteta jamoasidagi roli o‘zgarmasa, u yanvar oyida qo‘yib yuborilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Transfermarkt portali Noni Maduekening aktual transfer narxini 50 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha londonliklar kutilmaganda APL 5-turi doirasida safarda «Brayton»ga imkoniyatni yirik hisobda boy berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar