Live
4
O'zbek

Flik: «Bu yerda g‘alaba qozonganimizdan juda xursandman»

Futbol
19 sentabr, 23:34
    4
Kataloniyaliklar ustozi jamoasining «Sevilya» ustidan qo‘lga kiritgan g‘alabasi va Rafinyaning 3 ta goli haqida gapirdi.
Flik: «Bu yerda g‘alaba qozonganimizdan juda xursandman»
Foto: Gettyimages
19.09.2026 FT Ispaniya La Ligasi Sevilya Sevilya 1 : 3 Barselona Barselona

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liganing 7-turida «Barselona»ning «Sevilya» ustidan qozongan g‘alabasi (3:1) va shogirdi Rafinyaning xet-trigi haqida fikr bildirdi. O‘yin «Ramon Sanches Pisxuan» stadionida (Sevilya, Ispaniya) bo‘lib o‘tdi. Bosh hakam vazifasini Xuan Martines Munuera (Alikante) bajardi.

«Bu ideal natija! Bu yerda g‘alaba qozonganimizdan juda xursandman. Rafinyaning bunday o‘yini meni umuman ajablantirmaydi», — deya Flikning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri.

Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatidagi yettita o‘yindan so‘ng «Barselona» 21 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Sevilya» hisobida esa 13 ochko bor va jamoa beshinchi o‘rinda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, keyingi uy uchrashuvida «Barselona» 10-oktyabr kuni «Xetafe» bilan o‘ynaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sevilya Sevilya
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar