Live
2
O'zbek

La Liga. «Barselona» «Sevilya»ni mag‘lub etdi, Rafinyadan het-trik

Futbol
19 sentabr, 16:56
    59
Bu g‘alabadan so‘ng Flik jamoasi turnir jadvalidagi peshqadamligini yanada mustahkamladi.
La Liga. «Barselona» «Sevilya»ni mag‘lub etdi, Rafinyadan het-trik
Фото: Getty Images
19.09.2026 FT Ispaniya La Ligasi Sevilya Sevilya 1 : 3 Barselona Barselona

Ispaniya chempionatida 7-tur o‘yinlari davom etmoqda. «Barselona» ushbu tur doirasida mehmonda «Sevilya» bilan kuch sinashdi. Unda kataloniyaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Bellashuvda dastlab 19-daqiqada Fofana hisobni ochdi. Keyinchalik Rafinya 22, 52 va 69-daqiqalarda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Braziliyalik futbolchining La Ligadagi gollari soni 12 taga yetdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Barselona» turnir jadvalida 21 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Andalusiya klubi esa 13 ochko to‘plab, 5-o‘rinda bormoqda

La Liga. 7-tur
Sevilya – Barselona 1:3
Gollar:
Fofana 19, Rafinya 22, 52, 69.
Sevilya
– Vlaxodimos, Iglesias, Sangante (Karmona, 68), Suaso, Agum, Fofana (A.Gonsales, 78), Siyerra (Guridi, 78), Kocharashvili (Romero, 68), Korrea, Robbi Yur.
Barselona – Livakovich, Erik Garsiya, Kubarsi, Kristensen (Jerar Martin, 59), Kanselu, Rodri (Bernal, 86), Fermin Lopes (Olmo, 76), Pedri, Gordon (Gabriel Jezus, 86), Rafinya (Adeyemi, 76), Yamal.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sevilya Sevilya
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

59 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar