«Barselona» himoyachisi Andreas Kristensen jarohat oldi. Kataloniya klubi 30 yoshli futbolchining tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani natijalarini rasman e’lon qildi.
«Barselona» bayonotiga ko‘ra, daniyalik himoyachining chap son mushaklari cho‘zilgan. Klub futbolchining qachongacha safdan tashqarida bo‘lishini aniq ma’lum qilmagan.
Kristensen jarohatni 19-sentyabr kuni Ispaniya chempionati doirasida «Sevilya»ga qarshi safardagi bahsda olgan. Markaziy himoyachi asosiy tarkibda maydonga tushgan, biroq ikkinchi bo‘limda almashtirilgan.
Bahsdan keyin «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Kristensen bir necha hafta davomida jamoaga yordam bera olmasligini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» «Sevilya»ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, La Ligada ketma-ket yettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.