«Manchester Siti» va «Liverpul» «Real Sosiyedad»ning qanot himoyachisi Xon Aramburuga qiziqish bildirmoqda. TEAMtalk xabariga ko‘ra, har ikki klub 24 yoshli futbolchi haqida ma’lumot to‘plagan.
Manbaga ko‘ra, Aramburuning «Real Sosiyedad» bilan shartnomasida tovon puli taxminan 50 million funt, ya’ni 58,5 million yevro etib belgilangan. Yozgi transfer oynasida venesuelalik himoyachiga «Tottenhem», «Nyukasl» va «Everton» klublari ham qiziqish bildirgan.
Aramburu ushbu mavsum La Ligada oltita bahsda maydonga tushdi. Himoyachi ushbu bahslarda gol yoki golli uzatma qayd etmadi.
Venesuelalik futbolchining «Real Sosiyedad» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Aramburu «Real Sosiyedad» safida qanot himoyachisi sifatida o‘ynamoqda. «Manchester Siti» va «Liverpul» esa futbolchining transferi bo‘yicha vaziyatni kuzatmoqda.