Live
6
O'zbek

«Real» va yana beshta grand klub Finn Yelchni kuzatmoqda

Futbol
28 sentabr, 07:15
20 yoshli «Shtuttgart» markaziy himoyachisi bir nechta Yevropa klublarining e’tiborini tortgan.
«Real» va yana beshta grand klub Finn Yelchni kuzatmoqda
Foto: Getty Images

«Shtuttgart» markaziy himoyachisi Finn Yelch bir nechta Yevropa klublarining qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

20 yoshli futbolchining o‘yinlarini «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Arsenal», «Bavariya», «Yuventus» va Madridning «Real» klublari kuzatmoqda. «Shtuttgart» rahbariyati himoyachi uchun 50–60 mln yevro talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Yelch ushbu mavsumda Germaniya chempionatining to‘rtta bahsida maydonga tushdi. U mazkur bahslarda bitta golli uzatmani amalga oshirgan va bir bor sariq kartochka olgan.

Futbolchining «Shtuttgart» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya klubi futbolchisi uchun 50–60 mln yevro talab qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Arsenal Arsenal
  • Liverpul Liverpul
  • Bavariya Bavariya
  • Ko'proq ko'rsatish
Bugungi yangiliklar