«Liverpul» markaziy himoyachisi Virjil van Deyk faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo 35 yoshli niderlandiyalik futbolchining transferidan shaxsan manfaatdor. Madrid klubi yangi mavsum boshida himoya chizig‘ida muammolarga duch kelayotgani sababli tajribali futbolchi variantini ko‘rib chiqmoqda.
Van Deykning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Football Insider ma’lumotiga ko‘ra, Angliya klubi himoyachining shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayapti.
Shu sababli «Real» van Deykni yanvar oyidayoq transfer qilishga urinishi mumkin. Aks holda niderlandiyalik futbolchi 2027-yil yozida «Liverpul»ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.
Van Deyk ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida oltita bahsda maydonga tushdi, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.
Eslatib o‘tamiz, Virjil van Deyk 2018-yildan buyon «Liverpul» safida to‘p tepmoqda.