Live
3
O'zbek

«Real» Raul Asensioni sotishni rejalashtirmayapti

Futbol
28 sentabr, 08:50
Madrid klubi markaziy himoyachiga qiziqish bildirayotganiga qaramay, futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas.
«Real» Raul Asensioni sotishni rejalashtirmayapti
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio yaqin vaqt ichida jamoani tark etmaydi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Real» futbolchiga «Chelsi» va «Liverpul» kabi Premyer-liganing ikki grandi qiziqish bildirayotganiga qaramay, Asensio bilan xayrlashish variantini ko‘rib chiqmayapti. Shu bilan birga, ispaniyalik himoyachi ushbu mavsumda hali biror bahsda maydonga tushmagan.

Asensio «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safidagi debyutidan buyon 80 ta bahsda ishtirok etib, ikkita gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Raul Asensio «Real» asosiy jamoasida markaziy himoyachi sifatida to‘p tepmoqda.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar