Madridning «Real» klubi kelasi yilning yozida «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deykning transferiga qiziqish bildirayotgan klublar qatorida tilga olinmoqda. Mundo Deportivo nashrining Britaniya ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar berishicha, «qaymoqranglilar»ni futbolchini bepul qo‘lga kiritish istiqboli o‘ziga jalb qilmoqda.
35 yoshli van Deykning «Liverpul» bilan shartnomasi-2027-yilning yozida tugaydi va OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ingliz klubi hali futbolchiga shartnomani uzaytirishni taklif qilmagan. Bundan tashqari, ba’zi manbalarning ta’kidlashicha, bunday taklif umuman bo‘lmaydi. Ushbu vaziyat fonida Niderlandiya milliy jamoasining markaziy himoyachisiga qiziqish bildirishi mumkin bo‘lgan klublar nomlari ko‘payib bormoqda.
«Real»dan tashqari, «Milan,» «Inter Mayami» va «Galatasaroy» ham futbolchiga da’vogarlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda «Liverpul»dan «Real»ga erkin agent sifatida boshqa markaziy himoyachi Ibrohim Konate ko‘chib o‘tgandi.