«Real» sobiq yarim himoyachisi Mesut O‘zil Madrid klubida Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynagan davrlarini esladi.
«Ronaldu nihoyatda intizomli inson va o‘ziga bo‘lgan ishonchi juda yuqori. Aynan shu ikki xususiyat unga hozirgi darajasiga erishishda yordam berdi.
U meni maydonda juda yaxshi tushunardi va «Real»da u bilan birga o‘ynash ajoyib edi. Men doim unga to‘p uzatar, u esa bu uzatmalarni osonlik bilan golga aylantirardi», — dedi O‘zil.
Ma’lumot o‘rnida, germaniyalik sobiq futbolchi 2010–2013-yillarda «qirollik klubi» sharafini himoya qilgan. Ronaldu esa «Real» safida 2009-yildan 2018-yilga qadar to‘p tepgan. Shu davrda ikki futbolchi Madrid klubi hujumlaridagi eng samarali hamkorliklardan birini shakllantirgan.
Qayd etish lozim, O‘zil 2023-yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan. 41 yoshli Krishtianu Ronaldu esa hozirda Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi sharafini himoya qilmoqda.
Avvalroq Marselo O‘zil va Mbappeni Messidan ustun qo‘ygani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi