Yaponiyada o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida 30-sentabr kungi bahslar o‘zbekistonlik dzyudochilar uchun ham muvaffaqiyatli kechdi.
-52 vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Sita Qadamboyeva Osiyo o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritdi. U finalda janubiy koreyalik raqibini mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Abdurahim Nutfullayev ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. - 66 kg vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik atlet finalda mo‘g‘ulistonlik sportchiga imkoniyatni boy berdi va kumush medalga ega chiqdi.

Samariddin Qo‘chqorov esa Osiyo o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi. -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi bronza medali uchun bahsda tojikistonlik Loiq Qutbiddinovdan ustun keldi va 3-o‘rinni egalladi.

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi