Live
10
O'zbek

Novak Jokovich ketma-ket 30-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Tennis
30 sentabr, 11:50
Serbiyalik tennischi ATP-500 toifasidagi turnirlarda ketma-ket 30-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Novak Jokovich ketma-ket 30-g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Foto: Gettyimages

«Katta dubulg‘a» turnirlarining 24 karra chempioni, dunyoning 11-raketkasi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich Pekinda bo‘lib o‘tayotgan ATP-500 toifasidagi turnirlarda ketma-ket 30-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va birinchi davrada dunyo reytingida 49-o‘rinni egallab turgan Portugaliya vakili Nunu Borjesni mag‘lub etdi. Uchrashuv 6:3, 7:6 (7:2) hisobida yakunlandi.

Keyingi davrada Jokovich Xitoy vakili Bu Yunchaokete bilan bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Jokovich oxirgi marta Xitoy poytaxtidagi turnirda 2015-yilda o‘ynagan va finalda Rafael Nadalni 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etgan. Serbiyalik ushbu turnirda olti marta chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Pekin turnirining amaldagi chempioni esa boshqa bir ispaniyalik tennischi, dunyoning uchinchi raketkasi Karlos Alkaras hisoblanadi.

Bugungi yangiliklar