Live
1
O'zbek

Portugaliya futbol federatsiyasi Ronaldu bilan murosaga kelmoqchi

Futbol
2 oktabr, 08:52
    8
Federatsiya vakillari forvard milliy jamoadagi faoliyatini yakunlamasligidan umidvor.
Portugaliya futbol federatsiyasi Ronaldu bilan murosaga kelmoqchi
Foto: Gettyimages

Portugaliya futbol federatsiyasi «An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan sulh tuzish ustida ishlamoqda, deb xabar bermoqda Ispaniyaning mashhur onlayn nashri Marca.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, tashkilot vakillari Ronaldu yaqinda sodir bo‘lgan mojaroga qaramay, milliy jamoadagi faoliyatini yakunlamasligiga umid qilmoqda.

Avvalroq Ronaldu jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush bilan kelishmovchilik tufayli, milliy jamoa mashg‘ulotlarini tark etgani haqida xabarlar tarqalgandi. O‘z navbatida tajribali mutaxassis hech qanday mojaro yo‘qligini ta’kidlagan edi. Hujumchi milliy jamoani tark etish to‘g‘risida qaror qabul qildi va bunga izoh berdi.

Keyinroq bir qator Portugaliya ommaviy axborot vositalari Ronaldu milliy jamoadagi faoliyatini yakunlash niyatidaligi haqida xabar berdi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar