Bugun, 2-oktyabr, juma kuni «Bunyodkor» stadioni anjumanlar zalida Liga oliy rahbar organi — Umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda bir qator mavzular muhokama qilindi. Jumladan, umumiy yig‘ilish vakillariga klublar futboli mavsumini kuz-bahor tizimiga o‘tkazish bo‘yicha Liga ishchi rejasi taklif qilindi.

Bu borada yakuniy qaror bevosita klublar, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, futbol jamoatchiligi vakillari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan tartibda qabul qilinishi ta’kidlab o‘tildi.
Bundan tashqari navbatdagi mavsum o‘zgarishlar kutilmayotgani va 2027 yilgi Superliga-26-fevral kuni start olishi kutilayotgani qo‘shimcha qilindi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi