Bugun
26
O'zbek

Olmo faoliyatini yakunlashni istaydigan klub nomini ma’lum qildi — bu «Barselona» emas

Futbol
2 oktabr, 05:03
    3
Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi faoliyatini Zagrebning «Dinamo»sida yakunlamoqchi.
Olmo faoliyatini yakunlashni istaydigan klub nomini ma’lum qildi — bu «Barselona» emas
Foto: Gettyimages

Ispaniya milliy jamoasi va Kataloniyaning «Barselona» klubi yarimhimoyachisi Dani Olmo futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi bo‘lgan klub qaysi ekanligi haqida gapirdi. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi Zagrebning «Dinamo» jamoasiga qaytishni xohlaydi. Olmo o‘z faoliyatining boshida Xorvatiya jamoasi sharafini himoya qilgan.

28 yoshli futbolchi 2024-yilning yozidan buyon «ko‘k-anorranglilar» safida to‘p tepmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati-2030-yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Olmoning aktual transfer narxi 60 million yevroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dani Olmo Ispaniya chempionatining yangi mavsumida yettita o‘yinda maydonga tushib, uchta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Zagreb Dinamo Zagreb
  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar