«Manchester City»ning sobiq futbolchisi Riyad Mahrez o‘ziga yangi klub tanladi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jazoirlik 35 yoshli futbolchi faoliyatini Qatar chempionatida davom ettiradi. Mahrezning yangi klubi «Ash Shamal» bo‘ladi.
Futbolchining so‘nggi jamoasi Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubi bo‘lgan edi. Mahrez Jidda klubi safida 2023-2026 yillarda o‘ynagan.
O‘tgan mavsumda hujumkor yarim himoyachi 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Riyad futbolchilik faoliyati davomida «Gavr» va «Lester» klublarida ham o‘ynagan. «Tulkilar» bilan Angliya Premer-ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan.