“Manchester Yunayted”ning sobiq ving eri Jeydon Sancho “Krasnodar”dan tushgan taklifni rad etdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, angliyalik 26 yoshli futbolchi o‘ziga ma’qul taklif olmasa, qishki transferlar oynasigacha jamoasiz qolishga tayyor.
Avvalroq Sancho “Manchester Yunayted”ni tark etganidan so‘ng Yevropa, Saudiya Arabistoni, MLS, Qatar va BAA klublari bilan muzokaralar olib borgan. Biroq hozircha takliflarning hech biri futbolchini qoniqtirmagan.
Qayd etilishicha, Sancho uchun ustuvor variant — “Borussiya D”ga qaytish. Biroq Germaniya klubi angliyalik futbolchini tarkibiga qo‘shishdan manfaatdor emas.
Ma’lumot uchun, Jeydon 2021–2026-yillar oralig‘ida “Manchester Yunayted” sharafini himoya qildi. Bu vaqt davomida 158 ta uchrashuvda maydonga tushib, 53 ta gol urdi va 67 ta golli uzatmani amalga oshirdi.