Live
1
O'zbek

Mancini: «Bunday kuchli jamoalarga qarshi g‘alabani ko‘zlamasdan o‘ynab bo‘lmaydi»

Futbol
2 oktabr, 02:32
Italiya bosh murabbiyi Fransiyaga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
Mancini: «Bunday kuchli jamoalarga qarshi g‘alabani ko‘zlamasdan o‘ynab bo‘lmaydi»
Фото: Getty Images
02.10.2026, 14:45 UEFA Millatlar ligasi. A liga Fransiya Fransiya - : - Italiya Italiya

Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Mancini Millatlar ligasida Fransiyaga qarshi o‘yinda jamoasi faqat g‘alabani ko‘zlab maydonga tushishini ta’kidladi.

«Bu ajoyib futbolchilarga ega juda kuchli jamoaga qarshi zo‘r o‘yin bo‘ladi. Biz har doim yaxshi futbol ko‘rsatishni istaymiz va qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Bunday kuchli jamoalarga qarshi g‘alabani ko‘zlamasdan o‘ynab bo‘lmaydi. Shuning uchun biz doimo g‘alaba qozonishga intilishimiz kerak. Keyin esa har qanday natija bo‘lishi mumkin», — deya Mancini so‘zlaridan keltiradi Football Italia nashri.

Eslatib o‘tamiz, Italiya avvalroq Turkiyaga qarshi o‘ynab, 4:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Fransiyaga qarshi bahs 2 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Ushbu bahsda Jakomo Raspadori va Nikolo Zaniolo jarohati sabab ishtirok eta olmaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Italiya Italiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar