Bugun
45
O'zbek

Jiru mavsum oxirida faoliyatini yakunlashini e’lon qildi

Futbol
29 sentabr, 07:37
    12
Ertaga, 30-sentyabr kuni forvard 40 yoshni qarshi oladi.
Jiru mavsum oxirida faoliyatini yakunlashini e’lon qildi
Foto: Gettyimages

Fransiya milliy jamoasi sobiq forvardi Olive Jiru, hozirda Liga 1 vakili «Lill» sharafini himoya qilmoqda, 2026/2027-yilgi mavsum yakunida professional futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, chorshanba, 30-sentyabr kuni futbolchi 40 yoshni qarshi oladi.

«Futbolchi sifatida men oxirgi mavsumimni o‘tkazyapman chog‘i. Shunday ekan har bir lahzadan zavq olishga harakat qilyapman», — deya Jiru so‘zlaridan iqtibos keltiradi Fransiyaning L’Équipe nashri.

Eslatib o‘tamiz, «Lill» safida Jiru o‘tgan yilning yozidan buyon to‘p tepmoqda. Bungacha Olive AQSHning «Los-Anjeles», Italiyaning «Milan», Angliyaning «Chelsi» va «Arsenal» klublari sharafini himoya qilgan. Ta’kidlab o‘tamiz, Jir-u Rossiyada o‘tgan jahon chempionati-2018 musobaqasida Fransiya milliy jamoasi tarkibida oltin medallarga ega chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Lille Lille
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar