Bugun
45
O'zbek

Zidan: «Biz g‘alabaga munosib edik»

Futbol
28 sentabr, 22:30
    17
Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Belgiyaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Zidan: «Biz g‘alabaga munosib edik»
Foto: Getty Images
28.09.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Belgiya Belgiya 0 : 1 Fransiya Fransiya

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Millatlar Ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi Belgiya ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Golni qanday nishonladim? Olise raqibini aldab o‘ta boshlaganini ko‘rdim va ichimda: “U hozir gol uradi”, deb o‘yladim. Men unga to‘liq ishonardim.

Bugun biz barcha jihatlarda, jumladan, pressingda ham juda yaxshi harakat qildik. Kuchli Belgiyaga qarshi o‘ynadik. Biz sabrli va jasur bo‘ldik, raqib maydoniga o‘tishdan qo‘rqmadik. Bu menga yoqadi. Eng muhimi, barcha bor kuchini bermoqda.

Biz g‘alabaga munosib edik va yakunda gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Ko‘rsatgan o‘yinimizni hisobga olsak, bu golga loyiq edik. Uchrashuv borishini haqiqatan ham juda yaxshi nazorat qildik», — dedi Zidan.

Ma’lumot o‘rnida, Fransiyaning Belgiyaga qarshi bahsdagi yagona goliga Maykl Olise mualliflik qildi. U tezkor qarshi hujum vaqtida raqib himoyachilarini dog‘da qoldirib, darvozani ishg‘ol qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Belgiya Belgiya
  • Fransiya Fransiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

17 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar