Italiya milliy jamoasi Millatlar Ligasi doirasida Turkiyani mag‘lub etgan (4:1) uchrashuvda Sebastiano va Francesco Esposito boshlang‘ich tarkibda birgalikda maydonga tushdi.
Italiya milliy jamoasi tarixida aka-ukalarning bir vaqtning o‘zida maydonda harakat qilishi kamdan-kam kuzatilgan. Bunga qadar atigi uch aka-uka «moviy gvardiya» safida birgalikda o‘ynagan. Ular orasida Filippo va Simone Inzagilar ham bor.
Biroq ikki aka-ukaning bir uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda birgalikda boshlashi so‘nggi bor 1915-yilda qayd etilgan. O‘shanda Aldo va Luigi Cheveninilar Shveytsariyaga qarshi bahsda ilk daqiqalardan maydonga tushgan va har ikkisi ham bittadan gol urgandi.
Oradan 111 yil o‘tib aka-uka Espositolar ushbu natijani takrorladi. Turkiyaga qarshi kechgan va yirik hisobdagi g‘alaba qayd etilgan bahsda esa ulardan faqat Francesco Esposito gol urishga muvaffaq bo‘ldi.