Bugun, 28-sentabr kuni Millatlar ligasi A ligasi 1-guruh 2-turidan o‘rin olgan Turkiya va Italiya milliy jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Bursadagi «Bursa Buyukshehir Beledie» stadionida o‘tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanishi belgilangan.
Tribuna.uz nashri Turkiya va Italiya milliy jamoalarining o‘zaro so‘nggi beshta bahsidagi natijalarni keltirdi.
Jamoalar so‘nggi bor 2024-yil 4-iyun kuni o‘rtoqlik bahsida to‘qnash kelgan va unda g‘olib aniqlanmagan — 0:0. 2022-yil 29-martdagi bahsda esa Turkiya 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.
2021-yil 11-iyun kuni Yevro-2020 guruh bosqichining 1-turida Italiya Turkiyani 3:0 hisobida mag‘lub etgan. Undan avvalgi ikki bahsda esa jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynagan.
Turkiya va Italiya milliy jamoalarining so‘nggi besh o‘zaro bahsi:
- 04.06.2024. O‘rtoqlik bahsi. Italiya — Turkiya 0:0
- 29.03.2022. O‘rtoqlik bahsi. Italiya — Turkiya 2:3
- 11.06.2021. Yevro-2020, A guruhi, 1-tur. Turkiya — Italiya 0:3
- 16.11.2006. O‘rtoqlik bahsi. Italiya — Turkiya 1:1
- 20.11.2002. O‘rtoqlik bahsi. Italiya — Turkiya 1:1
Eslatib o‘tamiz, Turkiya va Italiya milliy jamoalari o‘rtasidagi navbatdagi bahs Millatlar ligasi A ligasi 1-guruh 2-turidan o‘rin olgan.