Turkiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Vinchenso Montella 2026-yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirok va Millatlar Ligasidagi omadsiz startdan so‘ng ham o‘z lavozimini tark etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Italiyalik mutaxassisning kelajagi Turkiya milliy jamoasining navbatdagi ikki uchrashuvida hal bo‘ladi. Jamoa ushbu bahslarda Belgiya va Italiyaga qarshi maydonga tushadi.
Montella shogirdlari Millatlar Ligasining dastlabki ikki turida ochko to‘play olmadi. Turkiyaliklar avval Fransiyaga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi (0:1), keyin esa Italiyaga qarshi uchrashuvda yirik hisobda imkoniyatni boy berdi (1:4).
Qayd etish lozim, Turkiya milliy jamoasi navbatdagi bahsini 2-oktabr kuni safarda Belgiya milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi. Shundan so‘ng Montella jamoasi Italiya bilan kuch sinashadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi