Live
9
O'zbek

Rasman: Leau Daniyaga qarshi o‘yindayoq 7-raqam ostida harakat qiladi

Futbol
1 oktabr, 14:45
    32
Bungacha ushbu raqam Ronaldoga tegishli edi.
Rasman: Leau Daniyaga qarshi o‘yindayoq 7-raqam ostida harakat qiladi
Foto: Getty Images
40’ UEFA Millatlar ligasi. A liga Daniya Daniya 1 : 2 Portugaliya Portugaliya

Portugaliya milliy jamoasi vingeri Rafael Leau endi milliy jamoa safida 7-raqamli libosda harakat qiladi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Portugaliya futbol federatsiyasi Leau 7-raqamni olganini rasman tasdiqlagan. 27 yoshli futbolchi bugun, 1-oktabr kuni Daniyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvida yangi raqamda maydonga tushadi.

Bungacha 7-raqam Portugaliya milliy jamoasining afsonaviy hujumchisi Krishtianu Ronaldoga tegishli edi. Leauning aynan shu raqamni olishi milliy jamoada yangi davr boshlanayotganini ko‘rsatadi.

Daniya — Portugaliya uchrashuvi Millatlar ligasi «A» divizioni guruh bosqichining 3-turi doirasida Kopengagendagi «Parken» stadionida o‘tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Portugaliya dastlabki ikki turda 6 ochko jamg‘argan va o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Daniya Daniya
  • Portugaliya Portugaliya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

32 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar