Live
1
O'zbek

Ronaldu Jezush bilan mojaro sabab Portugaliya mashg‘ulotlarini tark etdi

Futbol
30 sentabr, 13:10
    36
Bosh murabbiy ular o‘rtasida nizo yo‘qligini aytganiga qaramay, hujumchi jamoa mashg‘ulotlarida qatnashmadi.
Ronaldu Jezush bilan mojaro sabab Portugaliya mashg‘ulotlarini tark etdi
Foto: Getty Images
01.10.2026, 14:45 UEFA Millatlar ligasi. A liga Daniya Daniya - : - Portugaliya Portugaliya

Portugaliya hujumchisi Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy Jorje Jezush matbuot anjumanida u bilan hech qanday nizo yo‘qligini aytganidan so‘ng milliy jamoa mashg‘ulotlarini tark etdi. Bu haqda A Bola xabar bermoqda.

1-oktabr, payshanba kuni Portugaliya Millatlar ligasining 3-turi doirasida Daniyaga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv Kopenhagen shahridagi «Parken» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lum qilinishicha, Ronaldu stadionni tark etib, Portugaliya futbol federatsiyasining ikki nafar xodimi hamrohligida mikroavtobus tomon yo‘l olgan.

Portugaliya milliy jamoasi Millatlar ligasida ikkita o‘yin o‘tkazdi. Ronaldu Uelsga (1:0) qarshi o‘yinda 67 daqiqa maydonda harakat qildi, ammo samarali harakat qayd etmadi. Norvegiyaga (2:1) bilan bahsda esa futbolchi maydonga tushmadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Daniya Daniya
  • Portugaliya Portugaliya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

36 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar