Bugun
20
O'zbek

Pato Angliya klubining xo‘jayinlaridan biriga aylandi

Futbol
1 oktabr, 02:53
Braziliyalik sobiq hujumchi boshchiligidagi konsorsium 4-divizion jamoasining ulushlarini sotib oldi.
Pato Angliya klubining xo‘jayinlaridan biriga aylandi
Foto: Getty Images

Aleksandre Pato boshchiligidagi konsorsium Angliyaning to‘rtinchi divizionida ishtirok etadigan klubdan ulush sotib oldi.

«Northempton Taun» futbol klubi Sports Alpha Capital kompaniyasi Northampton Town Ventures Limited (NTVL) aksiyalarining 70 foizini sotib olishni yakunlaganini mamnuniyat bilan tasdiqlaydi. Ushbu kompaniya «Northempton Taun» futbol klubining nazorat paket aksiyalariga egalik qiladi.

Amaldagi egalar Devid Bauer, Nayjel Le Ken va Kelvin Tomas birgalikda NTVL aksiyalarining 30 foizini saqlab qolishadi. Bitim barcha zarur tartibga soluvchi va shartnomaviy jarayonlar muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng amalga oshirildi.

Muhimi, «Northempton Taun» futbol klubi yangi davrga qarzlarsiz, mustahkam poydevor bilan va Northemptonshir grafligi jamoa hayotida muhim o‘rin egallagan holda qadam qo‘ymoqda»,
— deyiladi klub bayonotida.

Pato klub direktorlar kengashi tarkibiga kiradi. «Milan» klubi va Braziliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi 2024-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Northampton Northampton
Bugungi yangiliklar