Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi safida boshqa o‘ynamaydi, deb xabar bermoqda O Jogo.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 24-sentabr kuni Uelsga qarshi o‘tgan bahs (1:0) 41 yoshli hujumchi uchun milliy jamoa tarkibidagi so‘nggi o‘yin bo‘lgan. Norvegiyaga qarshi bahsni esa u zaxirada o‘tkazgan va bu qarordan norozi bo‘lgan. Bosh murabbiy Jorje Jezus o‘z qarorini tushuntirgan matbuot anjumanidan so‘ng sardor milliy jamoa qarorgohini tark etgan.
O Jogo ta’kidlashicha, Ronaldu milliy jamoaga qaytish niyatida emas va xalqaro faoliyatini yakunlashga qat’iy qaror qilgan. Uning qarori «uzil-kesil va qaytib bo‘lmaydigan» ekani aytilmoqda.
«Real»ning sobiq hujumchisi Portugaliya milliy jamoasi safida 234 ta o‘yin o‘tkazib, 146 ta gol urgan. Har ikki ko‘rsatkich ham jahon futbolida rekord hisoblanadi.
Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi (O Jogo)
Futbol
30 sentabr, 17:00
114
Manbaga ko‘ra, 41 yoshli hujumchi uzil-kesil qaror qabul qilgan.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi